Halol biznes: insonlar salomatligi va hayot sifatini yaxshilash orqali, munosib daromad olish imkoniyatidir. Umumiy qadriyatlar singari birlashgan jamoamiz o'sib bormoqda va butun dunyo bo'ylab yangi ishtirokchilari bilan kengayib bormoqda.
Siberian Wellness nafaqat dunyoga mashhur brend. Biz sport, go'zallik va yorqin, ongli hayotni sevadigan bir avlodmiz. Yoshingiz, jinsingiz va yashash manzilingiz muhim emas! Asosiysi, har bir mijoz va biznes sheriklarimiz umumiy qadriyatlarga sodiqlgidir: erkinlik, g'amxo'rlik, doimiy o'sishga intilish va o'zini yuksaltirish. Aynan shular Wellness avlodidir!
Ijtimoiy farovonlik va tabiat oldidagi mas'uliyat madaniyatini shakllantirish, texnologiya va iqtisodiyotni rivojlantirish, odamlarga yaxshi yashash sharoitlarini ta'minlash uchun bu yerda va hozirda keng miqyosda harakat qilish zarurdir.
Shuning uchun biz Kelajak uchun sarmoya kiritamiz: biz sport, go'zallik va o'zingizni doimo ajoyib his qilishingiz uchun mahsulotlar yaratamiz va butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar o'z maqsadlariga erishishlariga yordam beramiz.
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari
6 yo'nalish bo'yicha barqaror taraqqiyot rejasi: ekoishlab chiqarish, ekoqadoqlash, ekodo'konlar, ekotadbirlar, ekotizimlar va iqlim, ekoo'qitish
BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishga hissamizni qoʻshamiz
Bilib olishAvvalo, biz iste'molchilarga g'amxo'rlik qilamiz-mahsulotimizda sulfatlar, ftalatlar, parabenlar va boshqa potentsial xavfli moddalar mavjud emas. Ammo bizga ko'plab foydali faol moddalarni yaratuvchi tabiatga g'amxo'rlik qilish biz uchun bir xil darajada muhimdir.
Ishlab chiqarish haqida koʻproq maʼlumotXalqaro standartlar - ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini tasdiqlaydi
Kuniga __ qadoq – bizning ishlab chiqarish liniyalarimizning quvvati
ishlab chiqarish binolarining umumiy maydoni
Bizning ishlab chiqarish quvvatlarimiz Sibir, Yevropa va Osiyoda joylashgan bo'lib, eng ekologik toza va zamonaviy uskunalar bilan ta'minlangan. Ko'p bosqichli suv va havo filtrlash tizimlari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit ifloslanishini minimallashtirish imkonini beradi.
O'zining xorijiy vakolatxonalari va logistika markazlari tufayli mijozlarimiz Siberian Wellness mahsulotlarini dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarda xarid qilishlari mumkin. Brendli do'konlarimiz 26 mamlakatda mavjud va barchangiz uchun asl Sibir mo'jizali sirlariga yaqin bo'lish imkonini yaratadi, Yevropa va Osiyodagi ishlab chiqarish maydonchalarimiz esa barcha mamlakatlar klasterlarini mahsulotlar bilan ta'minlab beradi.
Bizning yetkazib beruvchilarimiz - xom ashyo va biologik faol tarkibiy qismlarning eng yirik rus va xorijiy ishlab chiqaruvchilari. Biz bozor yetachilarining obro'si va barqaror sifatiga ishongan holda, butun dunyo bo'ylab – Fransiyadan Janubiy Koreyagacha, Germaniyadan Yaponiyagacha kompaniyalar bilan ishlaymiz. Barcha yetkazib beriladigan mahsulotlar qat'iy xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan, ammo shunga qaramay bizning ishlab chiqarish laboratoriyalarimizda qo'shimcha tekshiruvdan o'tkaziladi.
Kompaniyamizning asosiy yo'nalishlaridan biri - bu innovatsion tabiiy sport mahsulotlari va funktsional ovqatlanishni yaratishjir. Siberian Wellness - Rossiya Olimpiya qo'mitasining innovatsiyalar sohasidagi rasmiy hamkoridir. Bundan tashqari, har oy biz minglab yangi mijozlarni sog'lom turmush tarzi bilan tanishtiramiz, ularning qalbida faol hayot tarziga mehr uyg'otamiz. Sport – biznes va hayotdagi doimiy hamkorimiz!
Siberian Wellness - “Boyitilgan oziq-ovqat” toifasidagi Butunjahon qishki Universiadasining homiysi va “Innovatsiyalar” toifasida Rossiya Olimpiya qo’mitasining hamkori.
Business School online maxsus loyihasi - marketing, tibbiyot va biznes sohalaridagi mutaxassislari tomonidan tuzilgan masofaviy o'quv kurslaridir. Bu yerda har bir zamonaviy inson uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni egallashi mumkin: reklama, PR va marketing asoslari, sog'lom turmush tarzi va moliyaviy savodxonlikning asosiy jihatlari, XXI asrning oziq-ovqat mahsulotlarining tendentsiyalari.
Qarang, biz allaqachon qancha ish boshladik va amalga oshirdik!
Koʻrish150mln rubl
yaxshi amallar uchun
1 million+
tup ko‘chat, 100 ga loyiha bo‘yicha ekildi
300
muvaffaqiyatli o'tkazilagan ekspeditsiyalar va ekotadbirlar
11yosh
sayyora himoyasida